Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish, buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros bo‘lib qolgan kamondan otish an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish hamda ushbu sport turini yanada rivojlantirish maqsadidaulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kamondan otish bo'yicha Osiyo kubogining 2-bosqichi bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan ushbu musobaqalarda qitamizning 13 davlatidan 100 nafar sportchi g'oliblik uchun kurash olib bordilar.
Bellashuvlarda yurtimiz sharafini 8 nafar merganlarimiz himoya qildilar.
Ushbu sportchilar orasida Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi Ziyoda Abdusattorova kamondan o‘q o‘tish sport turi bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqalarida juftlik hamda miks yo'nalishlarida 3 - o‘rinni egalladi.