Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“…ILMIY SALOHIYATNI KO’TARISHDA YOSHLAR ALOHIDA MAS’ULIYATGA EGA”

13:47, 30.05.2023      

Farg’ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov Matematika-informatika fakulteti jamoasi bilan uchrashuv olib bordi.

Uchrashuvda jamoaning ilmiy yo'nalishda olib borayotgan faoliyati, salohiyatni oshirish borasidagi zarur masalalar tahliliy ko'rib chiqildi.

Dastlab jamoaning xalqaro va Respublika darajasidagi ilmiy ko'rsatkichlarini o'rganilib, natijalar kafedralar kesimida birma-bir muhokama etildi.

"Fakultetning ko'p yillik nufuzini saqlashda, ilmiy salohiyatni ko'tarishda jamoaning yoshlari alohida mas'uliyatga ega" - deya ta'kidladi rektor o'z so'zida.

Kun tartibiga qo'yilgan ilmiy daraja va unvonlar olish, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi Oliy ta’lim muassasalar bilan hamkorlik, iqtiboslik darajasi, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, xorijiy o'qituvchilar va talabalarning jalb etilishi, akademik almashinuvlar kabi masalalar tahlili davom etmoqda.