Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​XALQARO HAMKORLIKNING AMALIY NATIJALARI Jahon tarixi kafedrasining yosh arxeologlari xalqaro ilmiy ekspeditsiyada

14:07, 31.05.2023      

Farg’ona davlat universitetining Jahon tarixi kafedrasi hamda XXRning Shimoli-g‘arbiy universiteti oʻrtasidagi kelishuvlarga asosan kafedraning tayanch doktoranti N.Qambarov, magistrant va talabalari A.Poziljonov,M.Shodmonov, T.Habibullayev, B.Sulaymonov, D.Ahmadjonovlar ayni kunlarda Boysun shaharchasidagi Rabot yodgorligida xitoylik yirik olimlar bilan birgalikda arxeologik tadqiqot ishlarida ishtirok etishmoqda.

Kafedraning yosh va boʻlajak olimlari tadqiqot ob’yektida topilgan 2000 yillik tarixga ega “Yueji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metal va tosh taqinchoqlarni aniqlashda bevosida ishtirok etib, Markaziy Osiyo arxeologiyasida yirik ilmiy yangilikni qayd etilishiga hissa qoʻshishdi.

Yosh olimlarimiz va talabalarimiz ishtirokidagi xalqaro ilmiy ekspeditsiya 2023-yilning 30-mayiga qadar davom etadi.