Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi manzil – Farg'ona davlat universiteti bo'ldi.

17:01, 31.05.2023      

Sport sog‘lomlashtirish majmuasi hududidagi bo‘sh yer maydonida davlat xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etilayotgan 2 ta 402 o‘ringa mo‘ljallangan 804 o‘rinli talabalar turar joyi hamda 4-sonli talabalar turar joyi hududidagi bo‘sh yer maydonida qad ko'tarayotgan 240 o‘rinli yotoqxona qurilish ishlari ko'zdan kechirildi.

O'rganishlar jarayonida vazir talaba-yoshlar davrasida bo'lib, ular bilan ochiq muloqot qildi. Suhbat davomida talaba-yoshlarning yaxshi bilim olib, o'z maqsadlari sari olg'a harakat qilishlari, ota-onalari kutayotgan umidni ro'yobga chiqarishlari kerakligini ta'kidladi.

Shu kuni talabalarning yashash sharoitlari, qiziqishlari, darsdan bo'sh vaqtlarida shug'ullanayotgan mashg'ulotlari, to'garaklar, kutubxonalar faoliyati, kuzgi-qishki tayyorgarlik, isitish tizimi holati, yoshlarning ma'naviy dunyosi vazir nigohida bo'ldi.