Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YOSHLAR TARBIYASI – ENG MUHIM MASALA

17:02, 31.05.2023      

"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidlaydi Yurtboshimiz.

Farg'ona davlat universitetining Harbiy ta'lim fakultetida ham ilmiy salohiyatni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligini o'rganish bilan birga, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularing tarbiyasi, talabalar o'rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda fakultet jamoasi, professor-o'qituvchilar, yoshlar masalalari bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.