“Amaliy san’at” O‘zbekiston hududida XX asrgacha an’anaviy badiiy hunarmandchilik doirasida rivojlanganligi sababli, ushbu tushuncha “badiiy hunarmandchilik”,“amaliy-bezak san’ati” deb ham yuritiladi.
Bugun o’zbek milliy amaliy san’atiga bo’lgan alohida e’tibor tufayli, ushbu sohada yuksak malakali kadrlar yetishib chiqmoqda. Ular tomonidan yaratilayotgan asl san’at durdonalari dunyo ahlini o’ziga rom etishda davom etib kelmoqda.
Talaba-yoshlar o’rtasida amaliy san’at turini yanada rivojlantirish hamda yosh san’at ustalarini kashf etish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida “Amaliy san’at ustalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Ushbu ko’rik-tanlovning yakuniy bosqichida San’atshunoslik fakulteti talabalari:
-20-32 guruh talabasi Anvarov Fazliddin 1-o‘rinni;
-20-32 guruh talabasi Ibroximov Dadaxon 2-o‘rinni;
-21-28 guruh talabasi Isomiddinov Asrorjon 3-o‘rinni egalladi.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan har bir ishtirokchi diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.