Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 389
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

SAYLOV VA YOSHLAR

17:04, 31.05.2023      

O‘z yurti va unda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga befarq bo‘lmagan, o‘z taqdirini yurt taqdiri bilan bog‘lagan har bir yosh saylovlarda mas’uliyat bilan ishtirok etadi.

Talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida yoshlar faolligini oshirish maqsadida O'zbekiston "Adolat" SDP Farg‘ona viloyat Kengashi hamkorligida Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakultetida "Saylov va yoshlar" mavzusida uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirda navqiron avlodning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iste’dodini yuzaga chiqarish, jahon andozalari darajasida bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirishiga alohida e’tibor qaratilayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlarning saylov qonunchiligi bo'yicha siyosiy bilimlarini oshirish, talaba-yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish uchrashuvning bosh maqsadi bo'ldi.