Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO HAMKORLIK

17:07, 31.05.2023      

Xalqaro hamkorlik doirasida Farg’ona davlat universitetining Jahon tarixi kafedrasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-g‘arbiy universiteti oʻrtasidagi kelishuvlarga asosan kafedraning tayanch doktoranti N.Qambarov, magistrant va talabalari A.Poziljonov, M.Shodmonov, T.Habibullayev, B.Sulaymonov, D.Ahmadjonovlar ayni kunlarda Boysun shaharchasidagi Rabot yodgorligida xitoylik yirik olimlar bilan birgalikda arxeologik tadqiqot ishlarida ishtirok etishmoqda.

Ayni xalqaro ekspeditsiya faoliyati Oʻzbekiston 24 kanalining maxsus reportajlarida yoritib borilmoqda. Ularning navbatdagisida univesitetimizning Tarix fakulteti talabalari B.Sulaymonov va D.Ahmadjonovlar arxeologik tadqiqotlar jarayonida oʻzlashtirgan koʻnikmalari va olgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.