Shoir, nosir, dramaturg, noshir hamda o’zbekning asl milliy shoiri Anvar Obidjon hayoti va ijodi haqidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish hamda talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Farg‘ona davlat universitetida "Anvar Obidjon ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo anjuman ishtirokchilariga videotabrik yo‘lladi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov ilmiy davra ishtirokchilarini anjuman bilan qutlab, shoirning adabiyot olamidagi barhayot o'rni xususida alohida to'xtalib o'tdi.
Universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov o'z so'zida O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon ma’naviy merosi ulkan xazina ekanligini ta’kidlab, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashgagi fidokorona mehnatini e'tirof etdi.