Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ANVAR OBIDJON XOTIRASI DOIMO BARHAYOT

10:28, 02.06.2023      

Xotira bor ekan, millat barhayotdir. Adib Anvar Obidjon she’rlarini o’qir ekanmiz, endigina so’zlar ma’nosini anglay boshlayotgan bolakayning holati ko’z o’ngimizda keladi. Uning kutilmagan «muammo» li masala oldidagi o’ychanligi o’quvchining labida nurli tabassum paydo qiladi, qalbida kichkintoyga nisbatan issiq bir tuyg’uni uyg’otadi. Yoshu - qarining qalbidan chuqur joy olgan shoir Anvar Obidjondan bugun ulkan ijod maktab, beg’ubor va betakror asarlar kelajak avlodlarga me’ros qoldi.

Bugun Viloyat hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi, Farg‘ona davlat universiteti va Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda ijodkor va olimlar, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlaridan mehmonlar, shoirning oila-a’zolari, shogirdlari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Anvar Obidjon qabrini ziyorat qildilar.

Shundan so‘ng Oltiariq tumani madaniyat saroyida "Hayotning har lahzasi go‘zal" deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy kechaga guvoh bo’ldilar.