Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“VATANPARVAR” HARBIY MUSOBAQALAR

10:35, 02.06.2023      

Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish hamda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi doirasida Harbiy ta'lim fakulteti yoshlari uchun "Vatanparvar" harbiy-sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqa jamoalarning harbiy orksert sadolari ostida chiqishi bilan boshlandi. Shundan so'ng, qur'a tashlash orqali navbatlar aniqlandi.

Ishtirokchilar harbiylashtirilgan va harbiy-tibbiy estafeta, pnevmatik quroldan o'q uzish kabi shartlarda kuch sinashdi. Farg'ona davlat universitetining ta'lim yo'nalishlaridan tuzilgan jamoalar natijalari hakamlar hay'ati tomonidan shaffoflik bilan baholab borildi.

Natijalariga ko'ra, 1-bosqichning "Lochinlar" jamoasi faxrli 1- o'rinni,

Jismoniy madaniyat fakultetining "Chempionat" jamoasi 2- o'rinni,

2- bosqichning "Qalqonlar" jamoasi 3-o'rinni egalladi.

Musobaqa kubogini qo'lga kiritgan g'olib jamoalar - fakultet rahbari tomonidan diplom va qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlandilar.