Keyingi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida inson manfaati yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida inson qadr-qimmati, ayniqsa, moʻtabar onalarimiz, mehribon ayollarimizni eʼzozlash, izzat – hurmat koʻrsatish, farovon hayot tarzi uchun muhim boʻlgan shart-sharoitlar yaratish, salomatliklarini muhofaza qilish bilan bogʻliq amaliy ishlar koʻlami kundan kunga kengayib, yangi tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Xususan, yurtimiz bo’ylab o’tkazib kelinayotgan “Onalarga ehtirom” tadbirlari doirasida Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakultetida "Onalarga ehtirom" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet jamoasi, talaba-yoshlar hamda ularning onalari ishtirok etdilar.
Unda talabalar tomonidan tayyorlangan madaniy-musiqiy chiqishlar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi. Shuningdek, ta’lim jarayonida o’zining na’munali hulqi, a’lo baholari, tartib-intizomi hamda jamoatchilikdagi faolligi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan talabalarning onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alar taqdim etdilar. gullar taqdim etildi.