Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​SARHISOB

17:30, 03.06.2023      

Farg’ona davlat universitetida ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro reytinglar bilan ishlash borasida 2023-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov jamoani xushxabar bilan qutlab, butun dunyoga o‘z nufuzi va shaffofligi bilan tanilgan Buyuk Britaniyaning Times Higher Education - “THE” reytingida FarDU natijalari e’tirof etilganini e'lon qildi.

Xushxabarga ko'ra, THE reyting agentligi – dunyo universitetlarining BMT – “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga (SDGs) muvofiqligini baholovchi global reytingda 14 ta yoʻnalish boʻyicha Fargʻona davlat universiteti yuqori koʻrsatkichlar bilan 1000+ natijani qayd etdi.

Eng quvonarlisi, oliygoh sifatli taʼlim boʻyicha 43,8 ball bilan 601-800 oʻrinda eʼtirof etildi. Shuningdek, “University Impact Ranking-2023” natijalarida universitet ochlikka barham berish boʻyicha 41,8 ball bilan 301-400 oʻrinda, tengsizlikni kamaytirish boʻyicha 601-800, quruqlikdagi ekotizimlarini asrashda 401+, gender tengligi, munosib ish oʻrinlari va iqtisodiy oʻsish hamda tinchlik, adolat, samarali boshqaruv yoʻnalishida 801+ oʻrinni egallab turgani tahsinga loyiqdir.

Yig'ilish davomida reyting ko'rsatkichlari bo'yicha kafedralarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kafedralarda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat tahlil etildi.

Ma'lumot uchun aytish kerakki, yaqinda FarDU jahon xalqaro reytingi - "Round University Ranking” – “RUR” reytingida o‘qitish indikatori bo‘yicha 883-o‘rinni egallagan edi.