Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish va duolarini olib yurishdir. Zero, xalqimizning “Keksasi bor uyning farishtasi bor”, “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor. Bu bejiz emas, albatta. Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun yosh avlod qalbiga ko’chayotgani barchani quvontirmoqda.
“Keksalarni e’zozlash” mavzusida o’tkazib kelinayotgan tadbirlar doirasida Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakultetida ham “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi.
Tadbirni o’z kirish so’zi bilan ochib bergan universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov keksa nuroniylarni, mehnat faxriylarini xotirlash - milliy qadriyatlarimiz gultoji ekanligi, ularning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni esa beqiyosligini ta’kidlab o’tdi.
Shuningdek, fakultetda mamlakatimizga salohiyatli kadrlarni yetishtirib berayotgan va ushbu maskanda ishlab qadr topgan professor-o'qituvchilar hamda mehnat faxriylari universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan munosib taqdirlandi.