Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​TARBIYA – TA’LIMNING BOSH BO’G’INI!

09:58, 07.06.2023      

Farg’ona davlat universitetida universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor-Bahodirjon Shermuhammadov raisligida taʼlim-tarbiya tizimida tashkil etilayotgan faoliyat tahliliga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bunda talaba-yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy qiyofasi, milliy madaniyati, odob-ahloqi xususidagi masalalar kun tartibida bo'ldi.

Yig'ilish davomida talabaning hulqi, kiyinish madaniyati, universitetning ichki qonun-qoidalariga amal qilish tartibi, intizom borasida yoshlar bilan do'stona muloqot o'rnatish, "tengdoshdan-tengdoshga" tamoyilidan unumli foydalanish, ota-onalar bilan hamkorlik, shuningdek, universitet Ma'naviyat-ma'rifat Kengashi, Jamoatchilik Kengashi, guruh sarkorlari, yoshlar yetakchilari bilan uzviy bog'liqlik asosida ish olib borish masalalari ham diqqat markazida bo'ldi.