Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 389
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​SIZ QONUNNI BILASIZMI?

10:02, 07.06.2023      

Tabiiy fanlar fakulteti Xotin-qizlar Kengashi tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglikni ta'minlash borasida hududlarda o'tkazilayotgan “Ayol - jamiyat koʻzgusi” mavzusidagi tadbirlar doirasida ayollarni ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy taʼlim olishiga boʻlgan qiziqishlarini va huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida “Siz yangi qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorinalar hamda muloqot tashkil etildi.

Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Dexqonboyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu muloqotda Farg‘ona davlat universiteti yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z.A.Raximov, Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi viloyat hududiy bo‘limi direktori J.A.Axmedova, Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.F.Asqarov, Farg‘ona viloyati prokuror yordamchisi E.N.Omonov, Farg‘ona viloyati Xotin-qizlar boshqarmasi bo’lim boshlig‘i Yo.Shermatovalar ishtirok etdilar.