Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“AYOLLAR – JAMIYAT KO’ZGUSI”

11:50, 08.06.2023      

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan toʻlaqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengayishi ularning jamiyatdagi bir qancha faolliklarini oshirishlari uchun xizmat qilmoqda.

Xususan, Farg’ona shahrida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, “Zakovat intellektual klubi” Nodavlat notijorat tashkiloti hamda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida “Ayol - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim hamda Prezident maktablaridagi ayol-qizlar o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Ayol - jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tashkil etilgan zakovat intellektual o‘yinida Sirius, Anonim, Atom, Albion, Kutubxonachi, Perfekt, Viktoriya, Globus, Eynshteyn, Lider qizlar, Alfraganus, Shine jamoalari bellashdilar.

Zakovat intellektual o‘yini g‘olibi bo'lgan Farg’ona davlat universiteti jamoasi hamda faol ishtirokchilariga Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.