Yoshlarni g’oyaviy tahdidlardan himoyalanishda tarbiyaviy tadbirlar muhim ahamiyatga egadir. Talaba-yoshlarni bosh vaqtlarinin mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash, ularni turli g’oyaviy tahdidlardan himoya qilish, shuningdek ma’naviy dunyoqarashlarini individual o’rganish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Agrar qo‘shma fakulteti tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari, ularning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari o‘rganildi.
Unda g’oyaviy tahdidlardan himoyalanishda ta’lim-tarbiyaning o’rni, oilaning roli va unga qarshi kurashish yo’llari haqida yaqindan suhbatlar olib borildi.
O‘rganish davomida talabalarga xonadondagi texnika xavfsizligi qoidalari,shuningdek yozning issiq kunlarida iste'mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqliligiga jiddiy e'tibor berish lozimligi eslatib o‘tildi. Bundan tashqari, o‘quv jarayonlarida universitetning ichki tartib qoidalariga qat'iy rioya etishlari uqtirildi.