“Yoshlar oyligi” doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash borasidagi ezgu ishlar, yoshlar uchun berilgan imkoniyatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarni keng targ‘ib etish maqsadida Farg'ona davlat universiteti talabalari hamda Sharqiy harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni bilan "GENERAL VA YOSHLAR" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda harbiy qism komandirlari va Farg’ona davlat universiteti yoshlar ittifoqi kengashi vakillari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan rahbarlar Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash, muddatli harbiy xizmatga borish va ishga qolish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalarining imtiyozlari, shuningdek, yurt himoyachilari erishayotgan yutuqlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.