Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​GURUH SARKORLAR BILAN UCHRASHUV

10:11, 10.06.2023      

Millatning rivojlanishida milliy g’oya beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g’oya asosida yoshlarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga milliy g’oyani innovatsion texnologiyalar asosida singdirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni yanada shakllantirish – o’ta sharafli vazifaga aylanmog’i lozim.

Shundagina biz istiqbolda ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.

Farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta’lim yo‘nalishida bo’lib o’tgan guruh sarkorlari ishtirokidagi yig‘ilishning mavzusi ham shunga qaratildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, universitet odob-axloq qoidalariga rioya qilish, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi. Yig‘ilishda ishtirok etgan bo‘lim boshlig‘i A.Abdumalikov, kafedra mudirlari, dekan o‘rinbosarlari sarkorlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.