Hozirgi kunda giyohvandlik global muammolardan biridir. Asr vabosi deb baholanayotgan “oq ajal”qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘layotgani, giyohvand moddalarni iste’mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar dunyoga kelayotgani haqida o‘ylasak, yanada sergak tortamiz. Og‘uning quliga aylanib qolayotgan zamondoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish barchamiz uchun foydalidir. Shunday ekan, oilalarimiz tinchligi, farzandlarimiz kelajagiga rahna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashishimiz shart.
Farg’ona davlat universitetiningJismoniy madaniyat fakultetida o’tkazilgan davra suhbati ham "Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar umr zavoli" mavzuda bo’ldi.
Tadbirda viloyat norkologiya markazi mutaxassislari tomonidan yoshlarga qanchadan-qancha oilalarning yostig‘ini quritayotgan giyohvandlikkaqarshi har bir inson o‘zi kurashmog‘i, tashqi ta’sirlardan himoyalanmog‘i lozim ekanligi davrning muhim talabi ekani to’g’risida mulohazalar tushuntirildi.