So’nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy etuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va adabiyot-san’atga qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti tashabbusi bilan 3-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarni maʼrifatparvar shoir, zabardast tilshunos, tarixshunos olim, ilk oʻzbek matbuotchisi Is’hoqxon Ibrat hayotiga bag’ishlangan “Ibrat” nomli badiiy film namoyish etildi.