Xalqaro munosabatlarni yaxshilash, Ilmiy salohiyatni yuksaltirish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti hamda Qozog‘iston Respublikasi L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida amaliy ishlar amalga oshirildi. Mazkur universitetga Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari huquq ta'limi kafedrasi professori M.Mamatov, Sotsiologiya kafedrasi mudiri B. G'aniev, O'zbekiston tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi Q.Pulatovlar tomonidan tarix, politologiya, sotsiologiya fakulteti talabalariga ma'ruza mashg'ulotlari olib borildi.
Ostona shahrida joylashgan “QS World University Ranking” reytingining TOP-300 talikda bo'lgan ushbu universitet taklifiga binoan, avvalo mazkur universitetning Xalqaro munosabatlar fakulteti “Mintaqashunoslik” kafedrasi mudiri A.N.Aspanova “Mediatsiyaning yangi trendlari. Fan va ta’lim sohasida foydalanish imkoniyatlari” mavzusida, “O‘zbekiston - Qozog‘iston munosabatlarining yangi davri: o‘zgarishlar, ustuvor yo‘nalishlar va hamkorlik istiqbollari” mavzusida davra suhbati hamda Siyosatshunoslik” yo‘nalishi bakalavr bosqich talabalariga ma’ruza mashg‘ulotlarini offlayn tartibda o‘tkazdi.
Evroosiyo universitetiga tashrifini 22-maydan Jurnalistika va Politologiya fakulteti dekani Saq Qayrat Emirbay o‘g‘li, universitetning “Xalqaro xamkorlikni rivojlantirish va xalqaro reytinglarda yuksalish” departamenti boshlig‘i Altin Kiyasheva, “Mintaqashunoslik” kafedrasi mudiri Aygerim Ospanova va “Sotsiologiya” kafedrasi mudiri Baykabulov Nurlan Oralbaevichlar bilan uchrashuv o‘tkazib, istiqbolli hamkorlik to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazildi.
23-may kuni Jurnalistika va politologiya fakulteti “Politologiya” kafedrasi mudiri Bagash Gabdulina bilan Politologiya bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi hamda qo‘shma kafedra ochish to‘g‘risida o‘z istaklarini bildirishdi, kelgusida esa magistratura va doktarantura bo‘yicha hamkorlik qilish istaklari bor ekanliklarini alohida e’tirof etishdi.
24-may sanasida Evroosiyo Milliy universitetining Akademik masalalar bo‘yicha prorektori Maqish Serik Bixan o‘g‘li bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Shuningdek, Ijtimoiy fakultetning “Sotsiologiya” kafedrasi mudiri Nurlan Baykabulov, “Dinshunoslik” kafedrasi mudiri Murat Smogulovlar bilan ham uchrashib fakultet o‘quv jarayoni, xalqaro hamkorlik va xalqaro reytinglarda yuqori natijaga erishish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtiruvlar o'tildi.
Tomonlar o'rtasida kelgusida "Sotsiologiya”, “Ijtimoiy ish”, “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “Madaniyatshunoslik” yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari ochish istiqbollari mavjudligi alohida ta’kidlandi. Ijtimoiy fakultet huzuridagi (PhD) darajasini beruvchi kengash faoliyati bilan yaqindan tanishib, Kengash raisi professor Roza Nurtazina bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, kelgusida Kengash faoliyatida rasmiy opponent va xorijiy ekspertlar sifatida Farg'ona davlat universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilarini ham jalb qilishga kelishib olindi.
25-may kuni Evroosiyo Milliy universitetining Fan, kommersializatsiya va internatsionalizatsiya bo‘yicha prorektori Qurmangalieva Janna Dulat qizi FarDU professor-o'qituvchilarini qabul qildi va o‘zaro ikki taraflama hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashilindi. Xalqaro munosabatlar fakulteti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari bilan hamkorlikda “O‘zbekiston - Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar: imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Shunindek, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professori Janar Medeubayeva va uning doktoranti Gulmira Mussagaliyevalar bilab o‘zaro fikr almashib dissertatsion tadqiqotlari doirasida O‘zbekistonga 2023-yil yangi o'quv yilida kelishlari reja qilib olindi.