Inson yashar ekan, umri davomida uning ko‘ngli doim so‘z gavhariga muhtoj bo‘laveradi. Yaxshi suhbatlarni sog‘inib yashaydi. So‘zdan lazzat oladi, o‘z so‘zi bilan o‘zgalar qalbini rom qilishga urinadi.
Hech qanday ko‘ngil yo‘qki, adabiyotga oshno bo‘lmagan, she’r tinglaganda bexosdan lirik qahramonga aylanmagan, shoirga qo‘shilib yonmagan, yig‘lamagan, kulmagan. Adabiyotimiz xazinasi boyib borishiga o‘zlarining tengsiz hissalarini qo‘shayotgan shoirlarimiz, yozuvchilarimiz biz uchun doim ham qadrlidirlar.
Farg’ona davlat universitetining Tarixfakultetida ham she’riyatni sog’ingan qalblar uchun shoir bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda talabalar Farg’ona davlat universiteti professori,filologiya fanlari doktori,O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Siddiq Mo'min ijodidan bahramand bo’ldilar.
Tadbirda shoirning yangi nashrdan chiqqan "Biomaydon" she'rlar to'plami taqdimoti o'tkazildi. Suningdek, talabalar professorning ijodiy faoliyati va hayot yo'li bilan yaqindan tanishdilar.