O'zbek xonadoni borki, agar unda qiz o‘sayotgan bo‘lsa, shu xonadon sohiblarining ko‘nglida g‘urur, surur, shukur va qiz sha’ni bilan bog‘liq or-nomus ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham xalqimiz qiz bolaning ma’naviy yetuk, komil inson bo‘lib o‘sishi uchun alohida ahamiyat beradi.
Bugun kelajak-avlodga munosib oqila qizlarni tarbiyalab, ularga bilim berib kelayotgan Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida ham talaba-qizlarning odob-axloqiga oid muloqot tashkil etildi.
Unda fakultet jamoasi, universitet profilaktika inspektori podpolkovnik M. Kamolova, shahar xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektor podpolkovnik D.Abdullayevalar hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.
Bunda "Farg‘ona davlat universiteti odob-axloq kodeksi", talabalarning kiyinish madaniyati haqida suhbat olib borildi.