Osiyo kubogining III bosqichida terma jamoamiz vakillaridan navbatdagi g‘alaba qo’lga kiritildi.
Joriy yilning 4-12 may kunlari Singapurda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogining III bosqichida mamlakatimiz kamonchilari milliy terma jamoasi vakillari ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada 26 davlatdan, 126 nafar sportchilar, "70+70" , "Olimpik raund", "Miks" hamda yakkalik bahslarida bahslar olib bordi.
Quvonarlisi, terma jamoamiz vakillari bo'lgan Farg’ona davlat universiteti talabalari Ziyoda Abdusattorova va Amirxon Sadikov miks yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladilar.