Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​PROFILAKTIK TADBIRLAR

12:01, 15.06.2023      

Bugungi kun Yangi O‘zbekistonning yoshlari salbiy illatlardan yiroq, har tomonlama ilm-ma’rifat va kitobga oshno bo‘lgan yoshlardir. Bugun yosh avlodni yot illatlardan ogoh qilish hamda yuksak ma’naviy, ma’rifiy salohiyat sohiblariniertangi kunga mas’ul ekanliklarini anglatish maqsadida talaba-yoshlar o’rtasida bir qator profilaktik tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.

Xususan, farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta'lim bo'limida univеrsitеt profilaktika inspеktori, kapitan G'.Mirzayеv ishtirokida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar – umr zavoli” mavzusida talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Mazkur uchrashuvda viloyatimizda va respublikamizdagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida oxirgi ko‘rsatkichlar bilan tanishtirilib, giyohvandlik va uning tarqalishiga qarshi yurtimizda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida batafsil gapirib o‘tildi.