Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

15-iyun sanasida Farg’ona davlat universiteti mas’ul vakillari Qirg‘iz Respublikasida joylashgan Osh davlat universitetiga tashrif buyurdi.

14:04, 16.06.2023      

FDU rasmiylarining tashrifidan asosiy maqsad xalqaro munosabatlarni yuksaltirish, shu jumladan ta’lim sifatni oshirish, yangi o‘quv yilidan Professor va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Xalqaro reytinglar bilan ishlash va Scopusda Professorlarning birgalikda maqolalar chiqarishi maslalari ko‘tarildi.

Tashrif avvalida FarDU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Shuhratov Sharof Shuhratovich, Huquq ta’limi kafedrasi boshlig’i Anvar Ahrorqulovlar OshDUning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Bojonov Zamirbek Sabirjanovich bilan yangi o‘quv yilidan Professor va talabalar almashinuvini tomonlar ehtiyojidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildilar.

Unga ko‘ra, fakultetlar ehtiyojidan kelib chiqib Professorlar ro‘yxatini tomonlar taqdim etib, kadrlar uchun xarajatlar mezbon universitetlar tomonidan qoplanishiga kelishildi. Rus filologiyasi va Yurispuridensiya kafedralari o‘rtasida ham boshlanishiga 15tadan talabalarni almashinuvini yo‘lga qo‘yish, kelajakda miqdorni oshirib boshqa fakultetlarda ham joriy qilishga kelishildi. Ta’limning qo‘sh diplom taqdim etiluvchi 2+2, talabalarning 2 oy va 1 semestrlik almashinuv ta’lim shaklini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif davomida Rus filologiyasi dekani Madmarova Gulipa Arapovna, Huquqshunoslik fakulteti Xalqaro aloqalar bo'yicha dekan o'rinbosari Niyozbek Pozilov hamda Xalqaro aloqalar direktori Abdug’ani Abduvalievlar bilan ham yuqoridagi masalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazilib, tomonlar tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan FDU mas'ul vakillari tashrif buyurgan ushbu voqea Osh davlat universiteti rahbariyati tomonidan ham yuksak baholandi.