Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR”

14:19, 16.06.2023      

Yoshlar orasidan yangi talantlarni , iqtidorlarni aniqlash hamda ularni qo’llab-quvvatlab, iste’dodlarini yanada rivojlantirish maqsadida Sharqiy harbiy okrug Ma'naviyat va ma'rifat markazida Farg'ona davlat universiteti talabalari o'rtasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik tanlovi Rektor kubogi final bahsi bo'lib o'tdi.

"Yoshlar oyligi" doirasida o'tkazilgan mazkur tadbir jamoalarning qizg'in bahs-munozaralariga boy bo'ldi.

Yakuniy natijalarga ko'ra "Harbiy ta'lim" fakultetining "Admiral" jamoasi faxrli birinchi o'rinni;

Agrar qo’shma fakulteti “Agromir” jamosi ikkinchi o’rinni;

Matematika-informatika fakulteti “Xonimlar va janoblar” jamoasi qo'lga kiritdilar.

Tadbir so‘nggida tashkilotchilar tomonidan tanlovda ishtirok etgan jamoalarga turli nominatsiyalar bo’yicha Faxriy yorliqlar hamda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarga diplomlar topshirildi. Shuningdek, tanlovning “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” nominatsiyalari bo‘yicha ham ishtirokchilar e’lon qilinib ularga maxsus diplomlar topshirildi.