Adabiyot shunday kuchki, uning sehri ko’ngillarga ajib bir hayajon, entikish baxsh etadi. Bu mo’jaz olamning vakillari sof tuyg’ularga egaligi va aynan shu hislarini so’z yordamida go’zal ifodalay olishi bilan farqlanadi.
Talaba-yoshlarning alohida e’tirofiga sazovor bo’lgan shoir Siddiq Mo’min ijodidagi samimiyat, xalqchillik kayfiyati, u yozgan asarlarda o’z aksini topgan. tilshunos olim va atoqli shoir Siddiq Moʻminovning yangi nashrdan chiqqan "Biomaydon" kitobining navbatdagi taqdimoti Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya fakultetida boʻlib oʻtdi. Bunda kitobdagi har bir sheʼrlarning yaralish tarixi, yuksak insoniy qadriyatlar sari undovchi g’oyalarga yo’g’rilgani barchani birdek hayratga soldi.
Uchrashuvda shoir talaba-yoshlari uchun uzoq yillik tajribasi, ijodiy faoliyatidan kelib chiqqan holda kerakli ko’rsatmalar berib o’tdi. Yaxshi yozuvchi bo’lishdan oldin yaxshi o’quvchi bo’lish lozimligi, kitob mutolaasi hoyotimizning asosiy mezoni bo’lishi lozimligini qayt etdi.