Dala-o‘quv mashg‘ulotlari yurt himoyachilarining yuksak harbiy mahoratga, mustahkam irodaga, o‘z Vataniga sadoqatli posbon bo‘lib, yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa bugungi professional armiyamizni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki professionallik tezkorlik va mukammallikni talab etadi. Bunday malakaga ega bo‘lish uchun harbiy kishi ko‘plab tajribalar va o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tagan bo‘lishi lozim.
Ayni kunlarda Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakultetida Harbiy tayyorgarlik dasturini o‘tagan va belgilangan turdagi nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirgan, sog‘ligi bo‘yicha tibbiy ko‘rikda sog‘lom deb topilgan Harbiy ta’lim fakulteti 2-bosqich talabalari 2023-yil 12 iyundan - 26 iyungacha o‘quv yig‘iniga jalb qilindi.
O‘quv yig‘iniga jalb qilingan talabalar bilan asosan umumiy taktika, otish tayyorgarligi, muxanislik va ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish va boshqa harbiy fanlardan amaliy mashqlar o‘tkazilmoqda.
Talabalar o‘quv yig‘inlaridan so'ng “Vatanga qasamyod” qabul qiladilar.