Yoshlar o’rtasida futbol va boshqa sport turlarini ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, oliygoh talabalari orasidan istiqbolli va iqtidorli yoshlarni tanlab olish hamda istiqbolli yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Farg’ona davlat universitetida o‘zbek futbolining haqiqiy afsonasi Sergey Lebedov murabbiyligidagi "FarDU" futbol jamoasi tashkil etildi.
Mazkur jamoaning yangi mavsumdagi o’yinlari g’alabalar ketma-ketligiga boy tarzda o’tmoqda.
Farg’ona davlat universiteti markaziy futbol o'yingohida bo'lib o'tgan qizg'in navbatdagi o'yinda ham "FarDU" jamoasi Jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg'ona filiali jamoasi ustidan 3 : 0 hisobida g'alaba qozondi.