She'r - bu inson qalbida alangalanadigan olov. Bu olov yonadi, isitadi va yoritadi ... Haqiqiy shoirning o'zi ham beixtiyor azob - uqubatlardan yonadi va boshqalarni kuydiradi.
Olovli she’rlari muhlislari qalbidan chuqur o’rin egallagan dilkash va atoqli shoir Siddiq Mo’min she’rlarini o’qiganimizda hayajondan qalblar yayraydi.
Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika va Fizika-texnika fakultetlarida bo’lib o’tgan uchrashuv ham qaynoq xotiralarga boy tarzda bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida talabalar O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari doktori, professor Siddiq Mo'minning hayot tajribalariga boy bo’lgan "Biomaydon" kitobi taqdimotidan bahramand bo’ldilar.
Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan she'riyat, adabiyot va kitob mutolaasiga oid savollariga shoir tomonidan batafsil javob oldilar.