Agrar qo‘shma fakultetida adabiy uchrashuv tashkillandi. Unda tilshunos olim va atoqli shoir, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Siddiq Moʻminovning yangi nashrdan chiqqan "Biomaydon" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
O‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega, samimiy she’rlari bilan xalq qalbidan joy topa olgan ijodkor Siddiq Mo’min bilan bo‘lib o‘tgan adabiy uchrashuvda so‘z olganlar shoirning xalqimiz ma’naviyati, boy o‘tmishi, mehr-muhabbati aks etgan she’rlari xususida o’z fikrlarini bildirdilar.
Bunda kitobdagi har bir sheʼrning yaralish tarixi haqida qisqacha maʼlumot berildi. Shuningdek talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub she'rlar ijro etildi. Talabalar she'riyat va adabiyot ilmiga savollariga shoir tomonidan batafsil javob oldilar. Tadbirdagi eng qiziq savol egasi shoir tomonidan esdalik sovg‘a - yangi nashrdan chiqqan kitob bilan taqdirlandi.