Farg’ona davlat universiteti Gender tengligi tadqiqotlar markazida “Markaziy Osiyo davlatlari Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlarni ijtimoiy faolligini oshirish va himoya qilish mexanizmlari” mavzusida xalqaro (online/offline) anjuman bo’lib o’tdi.
Anjumanda universitet rahbariyati, Oliy Majlis qo’mita raisi – M.A.Qodirxonova, Farg’onaviloyati hokimi o’rinbosari – F.Qosimov, O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo’mitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktor o’rinbosari, Respublika “Oqila ayollar” harakati raisi, pedagogika fanlari doktori, professor – O.Musurmonova, Viloyat “Oqila ayollar” harakati yetakchisi – Y.Rahimova hamdaFarDU qoshidagi Gender tadqiqotlar markazi rahbari, professor– T.Egamberdiyevalar, shuningdek hududlardan ko'plab professorlar, hamkor tashkilotlar vakillari o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, AQSH, Rossiya, Qirg'izistondan turib, onlayn qatnashayotgan xalqaro ishtirokchilarning dolzarb tadqiqotlardan iborat ma'ruzalari hamda xulosalari masofaviy tarzda tinglandi va qarashlar o’rganildi.