Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​TABIATNI BIRGALIKDA ASRAYLIK!

09:42, 19.06.2023      

Bugungi global davrda insoniyatni ekologik muammolar ham chetlab oʻtganicha yoʻq. Orol dengizining qurishi, qurg'oqchilik va boshqa global ekologik muammolar barchani tashvishga solmoqda. Yashil tabiatni asrab qolish uchun avvalo, aholi tomonidan tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni, tabiiy resurslardan unumli va tejamkor tarzda foydalanishni taqozo etmoqda. Aks xolda har qanday qilingan koʻkalamzorlashtirish, oʻrmonzorlashtirish ishlari yetarli darajada foyda bermaydi

Respublikamizda o’tkazilayotgan iyun oyi “Daraxtlarni asraymiz” oyligi doirasida O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekolog jamoat birlashmasi hamda Farg’ona davlat universiteti volontyorlar markazi hamkorligida aksiya tashkillandi. Unda volontyor yoshlar tomonidan daraxt va nihollarni atrofini tozalab, suv quyib, mehr ko‘rsatildi!