Xalqimiz insonparvar, mehr-oqibatlidir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga zarurati bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.
Mazkur tizim ijrosi doirasida viloyatimizda bir qator turli xayriya loyihalari amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Egamov Shuxrat O‘lmasovich tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mehr” xayriya loyihasi doirasida Fizika-texnika fakultetining 1- bosqich talabasi Sherboyeva Iroda Xusan qiziga davolanish uchun 2 000 000 so‘m miqdordagi VAUCHER topshirildi.