Universitetda professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bugun o’z samarasini bermoqda.
Xususan, ayni kunlarda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va pedagogik tajriba almashishlar doirasidaPsixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari doktori M.T.Isakova, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) Sh.A.Usmanov, psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi E.T.Mirzajonovalar Ural federal universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida malaka oshirish kurslarini davom ettirish,talabalarga ma’ruzalar o‘tish, seminar–treninglar tashkillash hamda “Психология образования: современный вектор развития” mavzusida IV xalqarobutunrossiya Forumida ishtirok etishko‘zda tutilgan.