Ayni paytda yurtimizda muhim siyosiy voqelik – yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati doirasida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda – yangi tahrirdagi Konstitutsiya” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Unda Farg'ona viloyati Ma'muriy sudi sudyalari Yuldashev Baxtiyorjon Rahimovich, Ortiqov Elmurodjon Mirzarahimovichlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Bosh qomusimizning yangi tahriri yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” gʻoyasini ustuvor yoʻnalish sifatida belgilashi qayd etildi.
Insonning qadr-qimmati, shaʼni va gʻururi ustuvor maqsad qilib olingan, izchil va puxta oʻylangan, bir necha bosqich davomida ishlab chiqilgan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti ishlab chiqilgani e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi.