Har bir harbiy xizmatchi muntazam ravishda o‘z ustida ishlab, bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishi lozim. Dala-o‘quv maydonlari va harbiy qism hududlarida o‘tkazilayotgan jangovar tayyorgarlik masho‘ulotlari esa bu borada yurt o‘g‘lonlari uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.
Farg‘ona davlat universiteti Harbiy ta’lim fakulteti 2-kurs talabalari Harbiy dala-o'quv mashg'ulotlarini Sharqiy harbiy okrugi dala-o'quv maydonida davom etmoqdalar.
Harakatlanish davomida bajarayotgan taktik mashqlar orqali nafaqat bilim va malakalarini mustahkamlamoqdalar, balki jipslikda, hamjihatlikda bir-birini tushungan holda guruh tarkibida vazifani bajarish bo‘yicha ham tajribalarni yanada shakllantirmoqdalar.