Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 438
  • Ko`rib chiqilganlar 405
    • Takliflar 57
    • Arizalar 340
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​KITOB TAQDIMOTI: "BIOMAYDON"

14:44, 20.06.2023      

Filologiya fakultetida taniqli shoir, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Siddiqjon Mo'minning "Biomaydon" nomli yangi kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda ishtirok etgan universitet rahbariyati, fakultet jamoasi, professor-o'qituvchilar hamda hamkor tashkilotlar vakillari o'z ma'ruzalarida shoirning ijodiy olami va yangi kitobning mohiyatiga alohida to'xtalib o'tdilar.

Shuningdek, o’zbek she’riyatining atoqli vakili Siddiq Mo’min yoshlarga ijod olamining o‘ziga xos mashaqqatlari haqida so‘zlab, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Yosh qalamkashlar adib tomonidan berilgan tavsiyalarni katta qiziqish bilan tinglashdi.

Uchrashuvda shoirlikka qiziquvchi talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv barcha talabalarda katta taassurot qoldirdi.