MAHALLA YOSHLARI MUAMMOLARI - FarDU RAHBARIYATI E'TIBORIDA
13:22, 22.06.2023
Bugun Farg'ona davlat univеrsitеti rahbariyati tomonidan mahalladagi yoshlar muammolari bo'yicha uyma-uy muloqotlar olib borildi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga ko'maklashishga qaratilgan mazkur muloqotlarda asosiy e'tibor - yoshlarning kayfiyati, maqsad va harakatlari, murojaatlari va muammolari, oilalarda ularning jismoniy, ma'naviy rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitni o'rganish, kasb-hunarga, sportga, san'at va madaniyatga yo'naltirish, ijtimoiy himoyalash, bilim olishga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash kabi muhim masalalarga qaratildi.
Bunda asosan:
- Fargʼona shahar Beruniy MFY yashovchi, 2-guruh nogironi, boquvchisini yoʼqotgan Irodaxon Nurmatovaga oziq-ovqat mahsulotlari va 1 mln 500 ming soʼm miqdorida moddiy yordam koʼrsatildi.
- Fargʼona shahar Ipak yoʼli MFY yashovchi, 2-guruh nogironi Dilrabo Murotjonovaga uyida tashkil etilgan savdo doʼkoni faoliyatini yoʼlga qoʼyish uchun 2 mln soʼm moddiy yordam koʼrsatilib, 2 xona uylari toʼliq taʼmirlab berildi.
- Fargʼona shahar Sharshara MFYda yashovchi, 2-guruh nogironi Eshmatov Аrabjon holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi va universitet komputer savodxonligi kursiga qabul qilindi.