Farg’ona davlat universitetida “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini rivojlantirishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Gender tenglik masalalari tadqiqot markazida bo'lib o'tgan mazkur anjumanda oliygoh rahbariyati, Harbiy ta'lim fakulteti jamoasi professor-o'qiuvchilari, shuningdek, Farg’ona viloyati hokimining Harbiy ma’muriy sektor bo'yichamaslahatchisi, podpolkovnik-M.Yo’ldashev, Sharqiy harbiy okrugning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari polkovnik Sh.Abdullayevlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda ZOOM platformasi orqali ishtirok etayotgan Mudofaa vazirligi harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha o’rinbosari, podpolkovnik Х.Xusanbayev mavzu doirasida o'z ilmiy xulosalari va tavsiyalarini bildirib o'tdi.
Amaliy jarayonda esa ishtirokchilar Harbiy ta'lim fakulteti faoliyati, uning o’quv moddiy bazasi bilan yaqindan tanishdilar.