Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 389
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​TASHRIF

14:24, 23.06.2023      

Ayni vaqtda Farg'ona davlat universitetiga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov tashrif buyurdi.

Bunda universitet Sport sog‘lomlashtirish majmuasi hududidagi bo‘sh yer maydonida davlat xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etilayotgan 2 ta 402 o‘ringa mo‘ljallangan 804 o‘rinli talabalar turar joyi hamda 4-sonli talabalar turar joyi hududidagi bo‘sh yer maydonida qad ko'tarayotgan 240 o‘rinli yotoqxona qurilish ishlari yakuniy holati ko'zdan kechirildi.

Tashrif davomida univеrsitеtning Farg'ona shahar, Yuksalish ko'chasi, 55-uyda joylashgan o'quv binosida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari va shu hududda 1200 o'rinli 7 qavatdan iborat bo'lgan yangi o'quv binosini qurilish ishlari o'rganildi.