Sirtqi ta'lim bo‘limida 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Talaba oqshomi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Z.Rahimov, universitet jamoatchilik kengashi raisi A.Sharofiddinov, Sirtqi ta'lim bo‘limi boshlig‘i A.Abdumalikov hamda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida 2022-2023 o‘quv yili davomida sqamarali mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar universitet rahbariyatining tashakkurnomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida talabalar o‘rtasida o'tkazilgan sportning mini futbol, voleybol turi bo‘yicha musobaqalar g‘oliblari ham taqdirlandi.