Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​“ZIYOLILAR FORUMI”

11:15, 27.06.2023      

"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik"shiori ostida davom etayotgan yoshlar sayllari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Xususan, Farg‘ona davlat universitetida ham "Ziyolilar forumi" bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, olimlar hamda viloyatdagi umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, universitet jamoasi hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Forumni universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov ochib, barchani yaqinlashib kelayotgan Yoshlar kuni bilan tabrikladi.Shuningdek, yuridik fanlari doktori Feruza Muhiddinova o'z ma'ruzasida mamlakatimizdagi islohotlar haqida so‘z yuritdi.