FarDUda Kengashning 11-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash avvalida ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishgan professor - o'qituvchilar, shuningdek, o'z bilimi va iqtidori bilan yoshlarga o'rnak ko'rsatayotgan talabalar, sportchi g'oliblar munosib taqdirlandilar.
Kengash kun tartibida yo‘riqnoma hujjatlar ijrosi, o'quv yili yakunlari, talaba-yoshlarni zararli odatlardan asrash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, kafedralarda reyting ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha qilingan ishlar tahlili va shu kabi muhim masalalar ko'rib chiqildi.