Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 389
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​Yoshlar masalasi hamisha dolzarb

20:14, 01.07.2023      

FarDU rеktori Bahodirjon Shеrmuhammadovning mahalladagi yoshlar muammolari bilan ishlash bo‘yicha sayyor o‘rganishlari davom etmoqda.

Xususan, bugun shahardagi A.Jomiy mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Dehqonboyev Bahromjonga pultli nogironlik aravachasi uchun 4 000 000 so'mlik vaucher va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Ma'rifat mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Farida Jo'raqulovaning chevarchilikka bo'lgan qiziqishlarini o'rgangan holda unga tikuv mashinasi berildi.

Farg'ona mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Shohista Holmatovaga esa tibbiy ko'mak ko'rsatilib, davolanishi uchun 1 million so'm mablag' ajratildi.

Jo'ydam mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Ergashev Shuhratjonning viloyat Agrobank ATB hududiy filialidan olingan kredit qarzdorligi so'ndirilib, unga 6 675.000 so'm to'lab berildi.