Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 389
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​“MUNOZARA” RESPUBLIKA TURNIRI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI!

14:34, 03.07.2023      

29624969e5-photo2023-06-2715-45-28Ma’lumki, Toshkent shahridagi “Yoshlar press-klubi”da Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida taʼlim muassasalari, korxona va tashkilot hamda mahallalardagi vaqtincha ishsiz yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichiga start berilgan edi. Ushbu turnirning yakuniy natijalari aniqlanib, g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi. So’nggi natijalarga ko’ra:

1-o‘rin Navoiy davlat pedagogika instituti “Edison” jamoasi I darajali diplom va 30 million so‘m pul yutug‘i bilan taqdirlandi.

2-o‘rin Urganch davlat universiteti “Xorijiy o‘zbeklar” jamoasi II darajali diplom va 20 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

3-o‘rin Farg‘ona davlat universiteti “Tandem 3” jamoasi III darajali diplom va 15 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari turnirning “Eng yaxshi spikerlari” bilan tanishing:

  • -Lobar Rahmonova, GulDU talabasi
  • -Kozimjon Abdumalikov, TDIU talabasi
  • -Fayzbek Mizrobov, TMI talabasi