Ma’lumki, Respublika Oliy ta’lim muassasalarining nufuzini yanada koʻtarish, ularda faoliyat olib borayotgan mutaxassis olimlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash borasidagi xalqaro reytingini oshirish, fan va texnika sohalari boʻyicha fundamental hamda amaliy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro munosabatlar ko’lami kengaymoqda.
Xususan, joriy yilning 2-6 iyul sanasida Samarqand davlat universitetida Magnetizm bo’yicha xalqaro simpozium bo’lib o’tdi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini taʼminlovchi fan va texnika sohalari boʻyicha fundamental hamda amaliy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga qaratilgan mazkur simpoziumda 15 dan ortiq xorijiy davlatlardan yetuk olimlar tashrif buyurdilar.
Shuningdek, ushbu nufuzli xalqaro simpoziumda Farg’ona davlat universitetining Fizika kafedrasi professori R.Ya.Rasulov va ushbu kafedra dosenti V.R.Rasulovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Unda eksperimental fizika tadqiqotlar natijalari muhokama qilinib, aynan ushbu amaliy tadqiqotlar va ularning o‘rni haqidagi ma'ruzalar ishtirokchilar e’tiborida bo’ldi. Jumladan, Rossiya, Niderlandiya, Italiya, Germaniya, Malayziya, Janubiy Koreya va O‘zbekistonlik olimlar o‘z ilmiy izlanishlari yuzasidan ma'lumot berishdi. Radiatsion texnologiyalar, kristallik materiallar, epitermal neytronlar kabilar ustidan olib borilgantadqiqotlar xulosalari qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.